Russland führt einen schändlichen Krieg gegen die Ukraine.     Stehen Sie an der Seite der Ukraine!
  • Yulduz Usmonova

    Umr nima

Teilen
Schriftgröße
Originaltext

Umr nima Liedtext

Umr nima? Umr aslida
Bir yumaloq tugmacha yo‘l,
Tugmadan sal kattaroq
Yo yana bir nimacha yo‘l. (2x)
 
Beshigimning oldidan
Qabrim oldigacha yo‘l,
Men ketarman bir kuni,
Navolarim, zorim qolur. (2x)
 
Bu uzun hijron yo‘lidur,
Bu uzun azob yo‘li.
Har sahar kulib chiqib,
Yig‘lab botar oftob yo‘li.
 
Kim uchun savob yo‘lidur,
Kim uchun gunoh yo‘li.
Harnadir, har biriga
Ortimda iqrorim qolur.
 
Kim uchun gunoh yo‘lidur,
Kim uchun savob yo‘li.
Harnadir, har biriga
Ortimda iqrorim qolur.
 
O‘zbegim uyida yangrar
Hamma vaqt qo‘shiqlarim.
Yod bo‘lib aytganlarim,
Har dilda ozorim qolur.
 
O‘zbegim uyida yangrar
Hamma vaqt qo‘shiqlarim.
Yod bo‘lib aytganlarim,
Elimda alyorim qolur.
 
Yaxshilik murodi bor har
Dilga men jonim beray,
Yaxshilarga qo‘lda boru
Yo‘g‘u imkonim beray. (2x)
 
Ko‘ngli pok shogirdima
Bulbul bu zabonim beray,
Men ketarman bir kuni,
Zor yig‘labon torim qolur. (2x)
 
Ol, deya bir kun, Egam,
Osmonga uchsa ruhlarim,
Bir ajib moviy diyor
Qo‘ynini o‘psa ruhlarim -
 
Ko‘k mening ko‘ksim bo‘lur,
Yulduzlari anduhlarim.
Gul o‘pib, gul yopinib,
Har dilda mozorim qolur. (2x)
 
O‘zbegim uyida yangrar
Hamma vaqt qo‘shiqlarim,
Yod bo‘lib aytganlarim,
Elimda alyorim qolur. (2x)
 
La-la-la-la......
 

 

Übersetzungen von „Umr nima“
Yulduz Usmonova: Top 3
Kommentare