Russia is waging a disgraceful war on Ukraine.     Σταθείτε με την Ουκρανία!
Μερίδιο
Μέγεθος γραμματοσειράς
Πρωτότυποι στίχοι

στίχοι Sanamgina

Olov yashar yuragimda, alam qani?
Bir tasalli yoki yupanch,malham qani?
Qish chillasi qaqshatadi, ko'klam qani?
Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina
 
Menga aytgan qo'shiqlari yolg'on ekan,
Yo hammasi esdan chiqib qolg'on ekan,
Sarvi bo'yin majnuntoldan olg'on ekan,
Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina
 
Yondiradi, kuydiradi sanamgina
Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina
Yondiradi, kuydiradi sanamgina
Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina
 
Kipriklaring nayzasiga fido bo'lay,
Ko'z uchida qaraganda ado bo'lay
"Sevaman" deb pichirlagan sado bo'lay
Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina
 
Mohim mening mohlardan ham suyugimsiz
Topganim, talpinganim, buyugimsiz
Kuygan dilim bir parchasi, kuyugimsiz
Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina
 
Yondiradi, kuydiradi sanamgina
Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina
Yondiradi, kuydiradi sanamgina
Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina
 

 

Yulduz Usmonova: Κορυφαία 3
Σχόλια