Lola Ahmedova - Unutolmadim

Uzbek

Unutolmadim

Unutishga urindim, unutolmadim,
Ko‘zlarim yoshini tinitolmadim.
Birozgina tanho yashadim, ammo...
Lekin, jonim, sensiz ko‘nikolmadim. (2x)
 
Mendan kechib yiroqlarga ketmagin,
Senga bo‘lgan sevgim uvol etmagin,
Afsus, hijron, alam, gʻamlar bilan
Xayrlashuv maktubini bitmagin. (2x)
 
Bu dunyoda sening uchun yaralganman,
Yuragingga savol bo‘lib taralganman, (2x)
Ertaklardagidek shirinso‘zimsan,
Sen uchun malikaga aylanganman.
 
Mendan kechib yiroqlarga ketmagin,
Senga bo‘lgan sevgim uvol etmagin,
Afsus, hijron, alam, gʻamlar bilan
Xayrlashuv maktubini bitmagin.
 
Qani endi yoningda bo‘lib qolsam,
Yo‘llaringda chirog‘ing bo‘lib yonsam. (2x)
Vujudingda yashash bu orzuyim,
Havo bo‘lib bag‘ringga kirib borsam. (2x)
 
Mendan kechib yiroqlarga ketmagin,
Senga bo‘lgan sevgim uvol etmagin,
Afsus, hijron, alam, gʻamlar bilan
Xayrlashuv maktubini bitmagin.
 
Senga bo‘lgan sevgim uvol etmagin,
Mendan kechib yiroqlarga ketmagin...
 
Submitted by Ashi Udegedan on Mon, 14/07/2014 - 03:01
Added in reply to request by ertantr
Thanks!thanked 3 times

 

Translations of "Unutolmadim"
Lola Ahmedova: Top 3
Please help to translate "Unutolmadim"
Comments