Russia is waging a disgraceful war on Ukraine.     Stand With Ukraine!
  • Sevara Nazarkhan

    Sen • Сен

Share
Font size
Original lyrics

Sen lyrics

Bu ko‘ngilni shodliklarga to‘ldirguvchi – sen,
Gar istasang, meni yeldek yeldirguvchi – sen.
Gar istasang, bir lahzada shodumon etib,
Bir lahzada yurak-bag‘rim tildirguvchi – sen.
Gar istasang, samolarga ko‘tarib boshim,
Gar istasang, aro yo‘lda qoldirguvchi – sen.
Ixtiyorim qo‘lingdadur har soniyada,
O‘ldirguvchi yoki xurram qildirguvchi – sen.
Itoatdan o‘zgasini bilmasman, sina,
Bardoshimni tinmay sinoq qildirguvchi – sen.
Yetar endi, shodlik keltir menga, dilorom,
Boshginamga neki kelsa, keltirguvchi – sen,
Bu ko‘ngilni shodliklarga to‘ldirguvchi – sen...
 

 

Comments