Shahrizoda - Ishq otashi

Uzbek

Ishq otashi

Visoling ko‘rsam yonaman,
Xuddi afsunga xayolim olgansan.
Sevgim pinhon tutaman,
Uni bilolmay yonasan.
 
Oroming qo‘llarimda,
Unutib aqling maftunsan, bedorsan
Qalbimga sohib o‘zing,
Buni bilolmay yonasan.
 
Ehtirosga to‘ladi,
Sig‘maydi vujudimga,
Noz ila xayolim uchar senga. (2x)
 
Ishqimiz otashin,
Eritsin tog‘lardagi qorni,
Begona aylasin
Qayg‘u-ozorni.
 
Meni deb ozor chekasan,
Tabassum aylab shodlikka to‘laman.
Ko‘rinmay ozor etasan,
Har lahza mahzun bo‘laman.
 
O‘chmas jilolarni*
Beshafqat qalbingga mehrim joyladi,
Yondirib, zor erkalanib
Qalbimni senga bog‘ladim.
 
Ehtirosga to‘ladi,
Sig‘maydi vujudimga,
Noz ila xayolim uchar senga. (2x)
 
Ishqimiz otashin,
Eritsin tog‘lardagi qorni,
Begona aylasin
Qayg‘u-ozorni. (2x)
 
Submitted by Ashi Udegedan on Thu, 15/01/2015 - 14:29
Submitter's comments:

*Bu misra noaniq eshitilyapti.
Эта строка плохо слышится.

Added in reply to request by kerakemas
Thanks!

 

Translations of "Ishq otashi"
Please help to translate "Ishq otashi"
Comments
amateur    Fri, 16/01/2015 - 08:38

"Ишқимиз оташин" - Бу мисранинг "Ишқимиз оташи" бўлиши керакмасми?

Ashi Udegedan    Fri, 16/01/2015 - 18:20

Йўқ, ёзилгани тўғри. Бир неча марта эшитиб аниқлаганман.