Shahrizoda - Kumush

Uzbek

Kumush

Derazadan boqar sohibjamol oy,
Nigohlari to‘la karashma, chiroy,
Kechirgin, bo‘libman oyga mahliyo,
Ishon, endi unga qilmayman parvo.
 
Oyning sochlarini o‘rmayman,
Mayli, oyning sochlarini o‘rmayman,
Men seni oylarga, men seni oylarga,
Men seni oylarga bermayman!
 
Suluv kelinchakdek bezarmish bahor,
Dalalar ham gulzor, bog‘lar ham gulzor,
Gullarga boqqandim kulib, ochilib,
Yoshlaring ketdilar nurday sochilib.
 
Bahor gullarini termayman,
Mayli, bahor gullarini termayman,
Men seni gullarga, men seni gullarga,
Men seni gullarga bermayman!
 
Qancha shirin damlar kechmog‘i mumkin,
Faqat sen avaylagin, ko‘rmagin kulgim,
Sen mening taqdirim, oxir-azalim,
Sen mening bahorim, oyim, g‘azalim.
 
Qalbimsan, men qalbsiz yurmayman,
Qalbimsan, men qalbsiz zinhor yurmayman,
Qalbimni hech kimga, qalbimni hech kimga,
Qalbimni hech kimga bermayman!
 
Men seni oylarga, men seni gullarga,
Men seni hech kimga bermayman!
 
Submitted by wuhuahua089 on Mon, 06/01/2014 - 07:18
Last edited by wuhuahua089 on Mon, 14/04/2014 - 16:21
Added in reply to request by wuhuahua089
Thanks!thanked 1 time

 

Translations of "Kumush"
Please help to translate "Kumush"
Comments
kerakemas    Mon, 06/01/2014 - 08:41

Interesting, I didn't realise this was a remake. But I wonder why the song is titled 'Kumush' (which means 'Silver' in English), when the original is called 'Men seni'? The artist of that song is called 'Kumush'!! Weird haha...