Shahrizoda - Qalbim yondi

Uzbek

Qalbim yondi

Sevgiga zor bo‘lgan
Yuragim kuylagan nolasi, nolasi,
Shirin azobimning,
Og‘rigan qalbimning davosi, davosi
Bir yolg‘iz sensan, azizim!
Sen osmon, men uning yulduzi!
Kelgin, jonim, doimo senda xayolim.
 
N a q a r o t:
Qalbim senga, senga yondi,
Yuragim seni, seni sevdi,
Sensiz, jonim, ko‘zlarim g‘amga cho‘mdi,
Ko‘zlarim g‘amga cho‘mdi. (2x)
 
O‘zgalarga boqqan,
Yuragimni yoqqan
Ko‘zlaring, ko‘zlaring,
Xayolimni olgan,
Xotiramda qolgan
So‘zlaring, so‘zlaring...
Ko‘zlarim boqadi hayron,
Sen bo‘lmasang ko‘ngil vayron.
 
N a q a r o t: ..... (3x)
 
Submitted by Ashi Udegedan on Mon, 07/04/2014 - 22:44
Added in reply to request by kerakemas
Thanks!thanked 1 time

 

Comments