Shahrizoda - Qo'llarim rulda

Uzbek

Qo'llarim rulda

Chorrahaning o‘rtasidaman,
Chapga yuraymi, o‘ngga yuraymi?
Dugonajon, aytgin qaydasan?
Kelasanmi yo o‘zim boraymi?
 
Qo‘llarim rulda, rulda, rulda,
Ko‘zlarim yo‘lda, yo‘lda, yo‘lda.
Yor kimni o‘ylar, bilmadim, ammo
Mening xayolim unda, unda,
Mening xayolim unda, unda.
 
Qo‘llarim rulda...
Bilmadim, ammo...
 
Almashadi bekatlar qator,
Ko‘chalarda kezaman bedor.
Yashil chiroq yonaqol endi,
Yor kutadi meni intizor, zor, zor, zor.
 
Qo‘llarim rulda, rulda, rulda,
Ko‘zlarim yo‘lda, yo‘lda, yo‘lda.
Yor kimni o‘ylar, bilmadim, ammo
Mening xayolim unda, unda,
Mening xayolim unda, unda.
 
Shahar buncha maftunkor, go‘zal,
Yog‘du sochar, xayoling olar.
Umrimizning uzun yo‘lida
Kim kuzatar, kim kutib olar. (x2)
 
Qo‘llarim rulda, rulda, rulda,
Ko‘zlarim yo‘lda, yo‘lda, yo‘lda.
Yor kimni o‘ylar, bilmadim, ammo
Mening xayolim unda, unda,
Mening xayolim unda, unda.
 
Mening xayolim unda, unda...
 
Submitted by kerakemas on Tue, 14/11/2017 - 08:46
Submitter's comments:

Thanks to the team at UZ Lyrics for helping me with these! FINALLY Teeth smile
http://uz.lyricsus.com/shahrizoda-guruhi/qollarim-rulda/

Added in reply to request by kerakemas
Thanks!

 

Translations of "Qo'llarim rulda"
Comments