Shahrizoda - Sinfdosh

Uzbek

Sinfdosh

Mana bugun hammani ko‘zida yosh
Ajralishar bir-biridan sinfdosh
Maktab binosi ham turar xomush
Bu ko‘z yoshlarga berolmay bardosh.
 
Ey sinfdosh, ey sinfdosh
Unutma do‘stlaringni,
Eslab yuraylik maktab chog‘larni.
(x2)
 
Maktab yillari o‘tdi birin-ketin,
Kimdir yoriga izhor qildi sevgisin.
Mayli ularga xudoyim bersin baxtin,
Ular doimo birga bo‘lishsin.
 
Ey sinfdosh, ey sinfdosh
Unutma do‘stlaringni,
Eslab yuraylik maktab chog‘larni.
(x2)
 
Mana so‘nggi bor qochishimiz darsdan,
Xo‘p mayli ayb o‘tibdi bizdan.
Shuncha kechirdingiz kechiring buni ham,
Rozi bo‘linglar ustozlar bizdan.
 
Ey sinfdosh, ey sinfdosh
Unutma do‘stlaringni,
Eslab yuraylik maktab chog‘larni.
(x4)
 
Submitted by amateur on Mon, 06/01/2014 - 18:49
Added in reply to request by wuhuahua089
Thanks!thanked 2 times

 

Comments