Shahrizoda - Xayr sevgi

Uzbek

Xayr sevgi

Qalbimda yongan sevgim mening,
O‘zing sevgan ko‘zlarni nega yoshlading?
Kimga kerak edi bu yolg‘on muhabbat,
Yuragimga azob keltirar u faqat.
 
Endi dardimga yolg‘iz berarman bardosh,
Aslo seni deya men to‘kmayman ko‘z yosh,
Shirin va’dalaring, tun kabi ko‘zlaring
Eslamayman endi, unutarman endi.
 
„Xayr, xayr, sevgi,
Xayr!“ - deya kuzgi
Yaproqlar to‘kilar
Mening sevgim kabi… (4x)
 
Meni asrab turgan sevgi
Olib kelmadi baxt, endi u kimniki?
Men ishongan edim shirin so‘zingga,
Endi aslo kerak emas u menga.
 
Endi dardimga yolg‘iz berarman bardosh,
Aslo seni deya men to‘kmayman ko‘z yosh,
Shirin va’dalaring, tun kabi ko‘zlaring
Eslamayman endi, unutarman endi.
 
„Xayr, xayr, sevgi,
Xayr!“ - deya kuzgi
Yaproqlar to‘kilar
Mening sevgim kabi… (4x)
 
Submitted by mukaddas.dedahanova on Tue, 19/11/2013 - 12:25
Last edited by amateur on Sun, 11/12/2016 - 18:15
Added in reply to request by kerakemas
Thanks!thanked 1 time

 

Comments
kerakemas    Tue, 19/11/2013 - 21:09

Thank you very much!!!! Regular smile Regular smile