Shahrizoda - Yoqasiz

Uzbek

Yoqasiz

Siz o‘sha hurlarni yig‘latgan,
Ha, o‘sha siz tushda yo‘qlatgan.
Siz o‘sha hurlarni yig‘latgan,
O‘sha siz tushda yo‘qlatgan,
Kuy bo‘ling ko‘nglim to‘qlatgan,
O‘shanda yoqasiz bizlarga!
 
N a q a r o t:
Hay, hay, qaramang qizlarga,
O‘shanda yoqasiz bizlarga!
Erimang shirin so‘zlarga,
O‘shanda yoqasiz bizlarga!
Voy, voy, qaramang qizlarga-yey,
O‘shanda yoqasiz bizlarga!
Uchmang chiroyli ko‘zlarga-yey,
O‘shanda yoqasiz bizlarga!
 
Bizga sadoqat baxsh eting,
Kulgu, latofat kashf eting, (2x)
Qizg‘oning, yolg‘izim, rashk eting,
O‘shanda yoqasiz bizlarga!
 
N a q a r o t: .........
 
Gaplar hazil-chin aralash,
Sizgamas dilni yaralash, (2x)
Ko‘nglimiz etmangiz ko‘p g‘ash,
O‘shanda yoqasiz bizlarga!
 
N a q a r o t: ..........
 
Dillardan ketsin gumonlik,
Bizdan topmaysiz yomonlik, (2x)
Sharpadek bo‘lmang bir onlik,
O‘shanda yoqasiz bizlarga!
 
N a q a r o t: .............
 
Submitted by Ashi Udegedan on Mon, 07/04/2014 - 22:53
Thanks!

 

Translations of "Yoqasiz"
Please help to translate "Yoqasiz"
Comments