Paroles de « Seni Osmonimga Olib Ketaman »

ouzbek

Seni Osmonimga Olib Ketaman

Mening shodligimsan, bolaligimsan,
Mening g’ussam o’zing, mening armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yo’q, kun yo’qdir, jonim!..
 
Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman...
 
Xato qildimmikan men erta kelib,
Yo sen adashdingmi kelib keyinmi?
Goho kimliging ham bo’lmaydi bilib,
Inim deymi seni, sevgilim deymi?
 
Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman...
 
O’ylamay deymanu o’ylamay bo’lmas,
O’tsang sen tomon bir bo’ylamay bo’lmas.
Sen mening hammadan yashirgan sirim,
Mening ertagimsan, so’ylamay bo’lmas.
 
Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman!..
 
Publié par Invité(e) le Dim, 16/01/2011 - 17:40
Modifié pour la dernière fois par infiity13 le Dim, 12/03/2017 - 10:39
Commentaires:

Şiir - Muhammad Yusuf

 

Yulduz Usmanova: Top 6
Commentaires