La Russie a lancé une guerre honteuse contre l’Ukraine.     Soutenez l’Ukraine !
  • Hosila Rahimova

    Toʻmaris

Partager
Taille de la police
Paroles originales

paroles de Toʻmaris

Bu vatanga faqat oftob yarashadi, (Toʻmaris)
Oftob tushgan yurtga hayron qarashadi. (Toʻmaris) (x2)
 
Bu tuproqni azal bizga tortiq etgan ajdodlar,
Dushman senday podshoh bilan talashadi.
Dushman senday podshoh bilan talashadi. (Toʻmaris)
 
Ey yov yovligin qildimi, paymonasi toʻldimi?
Yoshing toʻkmay yigʻlaysano, Sparangiz-a oʻldimi?
Bek xotin, xol xotin, nomus xotin, shon xotin,
Gʻamga chidab turibsan, bir elatga jon xotin.
 
Podshohlarning gʻamda tanho qolishi bor,
Ammo xalq deb yuragining yonishi bor.
Qoʻzgʻol el deb, qilich bogʻlab, otga minding,
Gʻayratingning bizga meros qolishi bor.
Gʻayratingning bizga meros qolishi bor.
 
Ey, kunday shoshib borasan, gʻamdan oshib borasan,
Dushmanlarning ustiga selday toshib borasan.
Gʻamda yolgʻiz shoʻr xotin, elim degan oʻr xotin,
Dushmanlarni qaqshatgan, yurt ishiga zoʻr xotin.
 
Haq yoʻlida ot surganga Tangri posbon,
Uzangingni ushlab borar qirqta chiltan,
Sen qudratni eldan olib, elga bergan podshohsan,
Bugun mana avlodlaring elda doston.
Bugun mana avlodlaring elda doston.
 
Hey, elni Xudoga aytgan, rozisisan, Toʻmaris,
Shu kunlarni sogʻingan orzusisan, Toʻmaris.
Ona Vatan, hur Vatan, buyuk Vatan, shon Vatan,
Ajdodlardan bizlarga meros qolgan jon Vatan.
Bu dunyoda yagona, bu vatan – bizning Vatan!
 

 

Traductions de « Toʻmaris »
Hosila Rahimova: Top 3
Commentaires
Nadir Hikmet KuleliNadir Hikmet Kuleli    Sam, 08/07/2023 - 15:07

"Uzangingni ushlab borar qirqta chinor" emas "Uzangingni ushlab borar qirqta chiltan" bo'lishi kerak. Chiltan, qirq muqaddas ruh, otalar ervohi degani. Turkiylar yaratkan diniy - Islomiy tasavvurlarga koʻra, gʻayritabiiy kuchga ega boʻlgan, koʻzga koʻ-rinmaydigan, bir-biridan ajralmaydigan afsonaviy qirq ruhni chiltan deymiz.