La Russie a lancé une guerre honteuse contre l’Ukraine.     Soutenez l’Ukraine !
  • Yulduz Usmonova

    Meni sev

Partager
Taille de la police
Paroles originales

paroles de Meni sev

Sev, jonim, meni sev!
Kechagi kundan ko‘proq sev,
Kechadan qolgan ma’yuslik
Keltirmasin g‘am.
 
Ayt, nima istaysan,
Nega bunchalar qiynaysan?
Topilarmi yuragingda
Go‘sha menga ham.
 
Uzun-uzun umr yo‘llari,
Qo‘rqitmasin seni g‘amlari,
Faqat xayolingda
Bo‘lmoq istayman!
Endi biz bo‘ldik begona,
Ayt, qayga ketay, qayona?
Bu oqshom bag‘ringda
Yonmoq istayman!
 
Boq samoga o‘zing,
Ko‘zing bor – ko‘rmaysan,
Ikkiga bo‘linmasmi
To‘lin oy?
 
Ayt, meni sevarding,
Sevarmiding garchand
Yuragingda topilarmi
Menga joy?
 
Uzun-uzun umr yo‘llari,
Qo‘rqitmasin seni g‘amlari,
Faqat xayolingda
Bo‘lmoq istayman!
Endi biz bo‘ldik begona,
Ayt, qayga ketay, qayona?
Bu oqshom bag‘ringda
Yonmoq istayman!
 
Meni sev... (xxx...)
 

 

Traductions de « Meni sev »
translittération #1, #2
Yulduz Usmonova: Top 3
Commentaires