Kérlek, segíts a(z) "Mening Qoʻshigʻim" fordításában

Ossza meg
Betűméret
Eredeti dalszöveg

Mening Qoʻshigʻim

Soʻrama,
Hol-ahvolim anigʻi dardu malomat,
Qara, soʻnib boradi yuzda alomat.
Qilma asabimda naqdu daromad,
Iltimosimga diqqatingni qarat.
Balo tuzma, sharoitimni yarat,
Qanaqa bemahal, ham oʻsha holat,
Nima boʻladi bersang soʻzga bir fursat?
Xayolim arosat.
 
Ana deding, xoʻp deding,
Yozda qor yogʻsa deding.
Kutib ado boʻldim,
Uyquga zor boʻldim.
Koʻnglingni hamon
Yugurib-yurib ham topa olmadim,
Imlaydi qoʻshigʻim.
 
Oʻynama,
Koʻzlarimga qarab, qalbimni sindirma,
Xazil qilsam koʻtaradi deb oʻylama.
Koʻngil bergan koʻnikadi-da dema,
Nozlaru nafosatingga boylama,
Sevamanda foyda bilib kuydirma.
Lablaringni burishtirma, yuz oʻgirma,
Qora koʻzim oʻzingdan meni ayirma,
Ayirma, ayrilma.
 
Ana deding, xoʻp deding,
Yozda qor yogʻsa deding.
Kutib ado boʻldim,
Uyquga zor boʻldim.
Koʻnglingni hamon
Yugurib-yurib ham topa olmadim,
Imlaydi qoʻshigʻim. (x2)
 
Translation
 
Login or register to post translation
"Mening Qoʻshigʻim" fordításai
Hozzászólások