Por favor, ajuda a traduzir "Ayriliq"

Compartilhar
Tamanho da fonte
Letras originais

Ayriliq

Ko'zlarim daryo lek yig'lamayman
Men seni sevaman lek qaytmayman
To'ydim yolg'on so'zlaringdan jonim
To'ydim hiyonatlaringdan zolim
Doim bir savol qiynaydi meni
Kim bilan qaydasan jonim endi - [x2]
 
Bilmayman balki unuttin meni
Men esa sog'inib kettim seni
Lek hech qachon ortimga qaytmayman
Ko'zim daryo lekin yig'lamayman
 
Hech qachon senga qaytmayman
Sen tomon intilmayman
Bir kun ham unutmayman
Lek biroq yalinmayman - [x2]
 
Shu tun uhlayolmadim negadir sani esladim
Qo'limga surating olib dardga to'lib yig'ladim
San mani sevar eding, man sani sevganchalik
Sanga ishonar edim ishonganlarinchalik
 
Suratda qolgan vasling , endi ko'rinmas asling
Aslini olganda menga azizroqdir surating
Chunki beg'ubor eding, guldek beozor edin
Shu suratga chushkaningda sen meni sevar eding
 
Dardim bir dunyo senga aytmadim
Sen meni yolg'izim , yolg'izing bo'la olmadim
Sen meni bahtimsan lek bahtsizman
Sen ketgan kundan beri yolg'izman
 
O'tmishim seni eslar
Sog'inchim sog'inch taraf
Qo'llarin ko'zim bog'lab
Erkalap ketting aldab - [x2]
 
Doim qalbimda yashar , qo'limdagi surat
Suratlaring bilan yashayman toabat
Tag'in kim ham bilar balki ular ham ketar
Ahir sevganlar emas , sevishkanlar tark etar
 
Hatlaring har kecha , o'qiyman tonggacha
Hatto ming bora o'qigan bo'sam ham shu kungacha
Ahir shu hatlarni yozgansan men uchun
O'qib hatlaringni umrim payon topadi manimcha...
 
Hech qachon senga qaytmayman
Sen tomon intilmayman
Bir kun ham unutmayman
Lek biroq yalinmayman - [x2]
 
Translation
 
Entre ou se cadastre para postar a tradução
Traduções de "Ayriliq"
Comentários