Aşkım Benim (إلى الاوزبكستانية ترجم)

الإعلانات
إلى الاوزبكستانية ترجمالاوزبكستانية
A A

Ishqim mening

Singan qalbimning so'nggi umidi chechak ochdi ilk boqishing-la
Bir xayol edi bu sevgimiz huzur bo'ldi yaqinlashishing-la
Ne qilaman men sensiz yor, dardimni kimga aytaman?!
Hasratingdan kecha-kunduz yig'lar yuragim
Sevgilim mening, malagim, so'yla sensiz netaman
Ko'rmagan bir kunim ham nelar chekar qalbim mening
Sevinch-la har zamon birlikda qo'llarimiz
Tarixlarga bitilajak bu abadiy sevgimiz
Xotirladingmi u kechani oy bizga boqib kulimsirardi
Osmon barcha yulduzlarini bizga hadya qilib yuborardi
Ne qilaman men sensiz yor, dardimni kimga aytaman?!
Hasratingdan kecha-kunduz yig'lar yuragim.
 
تم نشره بواسطة RavshanoyRavshanoy في الثلاثاء, 28/05/2019 - 18:06
Added in reply to request by palwan18palwan18
التركيةالتركية

Aşkım Benim

التعليقات