Feruza Jumaniyozova - Alla

Advertisements
الاوزبكستانية/Cyrillic/الترجمة الحرفية/الترجمة الحرفية 2
A A

Alla

Alla, bolam, alla,
Jonim bolam, alla.
Seni bergan rabbimga
Hamdu sano, alla.
 
Alla, bolam, alla,
Mo‘min bolam, alla.
Seni bergan rabbimga
Hamdu sano, alla.
 
Bo‘lgin bog‘imning guli,
Sen ko‘zlarimning nuri.
Sen hayotim ne’mati,
Bo‘l jonimning quvvati.
 
Aqli raso bo‘l, bolam,
Seni sevar bu olam.
Tili shirin, qant bolam,
Jonimga payvand bolam.
Alla, alla.
 
Alla, bolam, alla,
Jonim bolam, alla.
Seni bergan rabbimga
Hamdu sano, alla. (2x)
 
Alla, bolam, jon bolam,
Jajji pahlavon bolam.
Ota-onangga har dam
Itoatli bo‘l, bolam.
Ko‘rganda ko‘z quvnasin,
Baxtingdan quvon, bolam.
.................... haqqi .......*
Elim deb uyg‘on, bolam.
Alla, alla.
 
Alla, bolam, alla,
Jonim bolam, alla.
Seni bergan rabbimga
Hamdu sano, alla. (2х)
 
تم نشره بواسطة Ashi UdegedanAshi Udegedan في الخميس, 15/06/2017 - 13:38
تعليقات الناشر:

*плохо слышно - yomon eshitilyapti.

Added in reply to request by wuhuahua089wuhuahua089
شكراً!thanked 4 times

 

Advertisements
فيديو
Feruza Jumaniyozova: Top 3
التعليقات