Russia is waging a disgraceful war on Ukraine.     قف مع أوكرانيا!
  • Lola Yuldasheva

    Aylonayin

يشارك
حجم الخط
كلمات أصلية

كلماتAylonayin

Yuragimdagi cho'g-cho'g,
Tunlari uyqum yo'q-yo'q,
Bedorman-ey, hey bejonman-ey.
 
Sening bir bo'ying yo'q-yo'q,
Qilasan doim do'q-do'q,
Sezmaysan-ey, hey bilmaysan-ey.
 
Yuragimda atalgan muhabbat,
Faqat senga, faqat senga.
 
Naqorat:
Aylonayin, ho aylonayin,
Belingga belbog' bo'lib boylanoyin.
Aylonayin, ho aylonayin,
Yurgan yo'llaringdan-ey aylonayin.
 
Senga aytar so'zim bor-bor,
Mehringga yurak zor-zor,
Qiynaysan-ey, hech bilmaysan-ey.
 
Beparvo bo'lma yor-yor,
Sensiz bu dunyo tor-tor,
Ko'rmaysan-ey, hech sezmaysan-ey.
 
Yuragimda atalgan muhabbat,
Faqat senga, faqat senga.
 
Naqorat:
Aylonayin, ho aylonayin,
Belingga belbog' bo'lib boylanoyin.
Aylonayin, ho aylonayin,
Yurgan yo'llaringdan-ey aylonayin. (x2)
 

 

ترجمة اسم الأغنية
Lola Yuldasheva: أعلى count@
التعليقات