الإعلانات

Munisa Rizayeva - Bo'ldi Yurak

الاوزبكستانية/Cyrillic/الترجمة الحرفية
A A

Bo'ldi Yurak

Bu ketishda jonimga zavol yetmasa bo'ldi
Yurakni armonlar tilmasa bo'ldi
Savolga ko'milib yog'ilib dard yana ko'nglimga
Ko'chalarga tiklib-tiklib qolmasam bo'ldi
 
Senga aytar so'zlarim dilimda qoldi
Maxzun bu yurak ishqingda yondi
Qaniydi kelsa yo'qlab bir bor yonimga
Nahotki sevib jabr qildim o'zimga
 
Qo'ygin yurak-yurak senga nima kerak
Bo'ldi-bo'ldi yurak yor deb bo'lma halak
 
Bechora bu yurak sendan voz kecholmaydi
Yolg'izlikka hamon ko'na olmaydi
Aytaman ovunib-ovunib dardimni tunlarga
Unutaman deyman lek ko'ngil qo'ymaydi
 
Senga aytar so'zlarim dilimda qoldi
Maxzun bu yurak ishqingda yondi
Qaniydi kelsa yo'qlab bir Bor yonimga
Nahotki sevib jabr qildim o'zimga
 
Qo'ygin yurak-yurak senga nima kerak
Bo'ldi-bo'ldi yurak yor deb bo'lma halak
 
شكراً!
thanked 109 times
تم نشره بواسطة TulparTulpar في الثلاثاء, 17/11/2020 - 20:02
تم تعديله آخر مرة بواسطة TulparTulpar في الخميس, 19/11/2020 - 14:16

 

Munisa Rizayeva: Top 3
التعليقات
Read about music throughout history