Russia is waging a disgraceful war on Ukraine.     Stand With Ukraine!
  • Lola Yuldasheva

    Yig'lar osmon

Share
Font size
Original lyrics

Yig'lar osmon lyrics

(Shohruhxon)
Koinot misoli
Ko’zlaringdagi nur olam,
Umrimning miqdori
Ortayotir, ko’ngil – beg’am.
 
(Lola)
Ijodimdan ustun
Dilga solgan tuyg’ularing,
O’ylansam, xayolim uzun,
Jonim bo’lib, hayron etding.
 
Tinmay yig’lar osmon,
Shamollar esar,
Negadir sen tomon
Ko’zlarim talpinar.
Tanda og’ir darmon,
Harorat oshar,
Sensiz holim yomon,
Sensiz holim yomon. (2x)
 
Heh-he, he-e-e,
Tinmay yig’lar osmon,
Osmon, he-he-he,
Osmon, hou, osmon.
 
(Lola)
Kaftimda duolar,
So’raganim har dam o’zing.
Yuragim porlar,
Dardimga davo o’zing.
 
(Shohruhxon)
So’zla, men to’kilay
Kuzning xazoni singari,
Ishq sohillaridan toshay,
Sevaman deb aytsang sen meni.
 
Kaftda tinmay yig’lar
Tinmay yig’lar osmon,
Ko’zlar talpinar
Negadir sen tomon.
Tinmay yig’lar,
Tinmay yig’lar osmon,
Sensiz holim yomon.
 
Tinmay yig’lar,
Tinmay yig’lar osmon,
Ko’zlar talpinar
Negadir sen tomon.
Tinmay yig’lar,
Tinmay yig’lar osmon,
Sensiz holim yomon.
 

 

Translations of "Yig'lar osmon"
Lola Yuldasheva: Top 3
Comments