Russia is waging a disgraceful war on Ukraine.     Stand With Ukraine!
  • Muhammad Shaybani

    Husayniyning Alisher Navoiy G‘azaliga Muxammasi

Share
Font size
Original lyrics

Husayniyning Alisher Navoiy G‘azaliga Muxammasi lyrics

La’li jonbaxshindin ayru obi hayvonni netay?
Hardam ar yuz jon berur, jononasiz jonni netay?
Gar emas manzur yuzing,huru g‘ilmonni netay?
Gulshani ko‘yungdin ayru bog‘i rizvonni netay?
Boshima gar gul sochar,sensiz gul afshonni netay?
 
Hajri anduhida to gulshan aro qildim guzar,
Sarv bo‘yi qomatingning naxlidin berdi xabar,
Lekin oning vaslidin ne bahra topdim,ne samar,
Naxli qadding chun emas giryon ko‘zumda jilvagar,
Juibor atrofida sarvi xiromonni netay?
 
Jismu jonni istamon,billahki,jonondan judo,
Ko‘rsang ul mahvashni,holim arz etib ayt,ey sabo,
Lek zinhor ollida bu nav’ qilg‘aysen ado,
Ul itingga bo‘lmasa to‘’ma navolingda fido,
Za’flik paykarni naylay, notavon jonni netay?
 
Birdam,ey ahbob,har sori qoshimdan ketmangiz,
Harnakim derman muvajjah bo‘lmasa,eshitmangiz,
Buki derman chehradin qonlig‘ yoshim oritmangiz,
La’lgun ashkim labi hijronida ayb etmangiz,
Ko‘z yo‘lidin to‘kmayin bag‘rimdagi qonni netay?
 
Bu ajabdurkim,sanga ma’lum bo‘lmaydur bu sir —
Kim,erurmen la’li shavqidin o‘lumga muntazir,
Gar suyungdin har nafas yuz jom bersang,bor muzir,
Zulmati hajrida chashmang vasfin etma,ey Xizr,
Menki umrumdan to‘yibmen,obi hayvonni netay?
 
So‘z ilojimdan dema,ey bahri ishq ichra g‘ariq,
Kim bo‘lubtur deb g‘amingdin dog‘ ila jisming hariq,
Gar manga borsen muhibbu mushfiqu yoru shafiq,
Dog‘ima marhamni ko‘p taklif qilma,ey rafiq,
Tuttum ul dog‘im o‘ngaldi, dog‘i hijronni netay?
 
To ayirdi mendin ul mahvashni charxi kajnihod,
Ey Husayniy, telba ko‘nglum bo‘lmadi bir lahza shod,
Oqibat chun topmadim ul sho‘x vaslidin murod,
Yordin ayru buzug‘ ko‘nglumga qildim xayrbod,
Ey Navoiy, o‘yla ganj o‘lmay chu vayronni netay?
 

 

Translations of "Husayniyning Alisher..."
Comments