Advertisements

My Waves (Uzbek translation)

Uzbek translationUzbek (poetic)
A A

Mening to‘lqinlarim

Og‘riq, bir lahza bo‘lsa-da, lazzatli bo‘ladimi?
Qanday qilib katta bo‘ldim dey, hali yosh bola kabi sezsam o‘zimni?
Sen meni qanday qilib bitta nigohing bilan boshqara olasan?
Bu hislarni qanday qilib so‘zlarda, kitoblarda ifodalay olsam ekan?
Tilim ojiz bo‘lib qolganda musiqa so‘zlay boshlaydi,
Shunday qilib, senga qo‘shig‘imni aytib beray.
Seni yuz yillardan buyon kutayotganimdan so‘zlaymi?
Izn ber, sevgilim, ichkari kiray,
Tonglarni qarshilay o‘sha yerda,
Eng yaqin makon va zamon uzra kezgancha,
Sen mening qumli sohilimda devor qurib olding.
Ammo mening to‘lqinlarim eshigingni parchalab o‘tadi!
O, mening to‘lqinlarim eshiging bo‘ylab o‘tib ketadi!
Hey, ha-ha-ha,
Bilaman, sen ham azob chekding, sevgi o‘lpon olmay qo‘ymaydi.
Qanday qilib hushimizda bo‘laylik, ishq ko‘yida sargardon bo‘lsak?
Men hatto yashashni tanlamadim,
Sening ovozing aytgan va'dani eshitib o‘lsam ham yetadi.
Til ojiz bo‘lib qolganda musiqa so‘zlay boshlaydi.
Shunday qilib, senga qo‘shig‘imni aytib beray.
Seni yuz yillardan buyon kutayotganimdan so‘zlaymi?
Izn ber, sevgilim, ichkari kiray,
Tonglarni qarshilay o‘sha yerda,
Eng yaqin makon va zamon uzra kezgancha,
Sen mening qumli sohilimda devor qurib olding.
Ammo mening to‘lqinlarim eshigingni parchalab o‘tadi!
O, mening to‘lqinlarim eshiging bo‘ylab o‘tib ketadi!
Kuylayman
Men kutaman
Men ergashaman
Men barqaror qolmayman
Men kutaman
Men ergashaman
Men barqaror qolmayman.
Men kutaman
Men ergashaman
Men barqaror qolmayman.
Men kutaman
Men ergashaman
Men barqaror qolmayman.
 
Thanks!
thanked 1 time
This is a poetic translation - deviations from the meaning of the original are present (extra words, extra or omitted information, substituted concepts).
Submitted by MalikaxonMalikaxon on Thu, 01/04/2021 - 10:28
Author's comments:

I'm happy to share the translation with you.|Ushbu tarjimani sizlar bilan ulashayotganimdan xursandman.

English
English

My Waves

Comments
Read about music throughout history