Advertisements

OMG What's Happening (Uzbek dialects translation)

Uzbek dialects translationUzbek dialects (commented)
A A

Yo Xudoyim, nelar bo‘lyapti?

[Asosiy qism1]
Yo Xudoyim, nimalar bo‘lyapti?
Men yaxshiman deb o‘ylagandim,
Menga sening sevging kerak emas degan edim
uch-to‘rt ming marotaba,
Ammo bu yolg‘on edi!
Yo‘q, ko‘zlaringga qaray olmayman endi,
O, nega, o, nega?
 
[Naqarot oldi]
Seni o‘zimdan itarish uchun hamma narsani qildim,
Va sen ketding,
men esa seni telbalarcha sog‘inyapman,
Yig‘layapman, yo‘q, tunlarim sensiz o‘tmaydi.
O, men, o, men...
 
[Xor]
Qara, nima qilding,
Qara, menga nima qilding sen?
Men o‘zimga kerak hamma narsani oldim,
lekin menga kerak hamma-hamma narsa o‘zingsan.
 
Qara, menga nima qilding?
Yuragingga chopib bormagunimcha
yolg‘iz qolganimni his qilmagandim,
Magnitdek tortyapsan...
Yo Xudoyim, nimalar bo‘lyapti?
 
Qara, nima qilding,
Qara menga nimalar qilib qo‘yding?
Men o‘zimga kerak hamma narsani oldim,
Lekin menga kerak hamma-hamma narsa o‘zingsan.
 
[Asosiy qism2]
Men senga aytar so‘zlarim, ko‘rsatadigan narsalarim bor,
Hislarimni radioeshittirishga berdim
va shunday qilib ko‘nglimni bo‘shatdim,
Umid qilamanki, eshityapsan.
Shundaymi? Eshityapsan a?
 
[Asosiy qism3]
Va aylana ichida
aylanayotgandekman
Sen haqingda qog‘oz qoralab o‘tiribman.
Nahotki, hammasi tugagan bo‘lsa? Senga yaqinlasha olmayapman.
Menimcha, senga rostini aytish vaqti keldi,
Hey, (bir daqiqa shoshmay tur)
 
[Xor]
Qara, nima qilding,
Qara, menga nima qilding sen?
Men o‘zimga kerak hamma narsani oldim,
lekin menga kerak hamma-hamma narsa o‘zingsan.
 
Qara, menga nima qilding?
Yuragingga chopib bormagunimcha
yolg‘iz qolganimni his qilmagandim,
Magnitdek tortyapsan...
Yo Xudoyim, nimalar bo‘lyapti?
 
Qara, nima qilding,
Qara menga nimalar qilib qo‘yding?
Men o‘zimga kerak hamma narsani oldim,
Lekin menga kerak hamma-hamma narsa o‘zingsan.
 
[Og‘zaki]
Ey, menga nima qilding?
Yuzingga nimadir qilgim kelyapti,
Bilmadim, o‘psammikan yoki chimchilasam?
Hoziroq xayollarimni tinch qo‘ymasang,
Aytib qo‘yay, Xudo haqqi, qasam ichaman! Aaa!
 
[Xor]
Qara, nima qilding,
Qara, menga nima qilding sen?
Men o‘zimga kerak hamma narsani oldim,
lekin menga kerak hamma-hamma narsa o‘zingsan.
 
Qara, menga nima qilding?
Yuragingga chopib bormagunimcha
yolg‘iz qolganimni his qilmagandim,
Magnitdek tortyapsan...
Yo Xudoyim, nimalar bo‘lyapti?
 
Qara, nima qilding,
Qara menga nimalar qilib qo‘yding?
Men o‘zimga kerak hamma narsani oldim,
Lekin menga kerak hamma-hamma narsa o‘zingsan.
 
Thanks!
Submitted by MalikaxonMalikaxon on Tue, 11/05/2021 - 04:28
Author's comments:

Heartbreaking song 🎼

English
English

OMG What's Happening

Comments
Read about music throughout history