Advertisement

Shahrizoda - Omonat

Uzbek

Omonat

Shirin so‘zlar har insonlar
Qalbi yayrasin, yayrasin.
Sog‘lik so‘rar har insonlar
Tani yayrasin, yayrasin.
Yaxshilikda sendan keyin
Noming eslansin.
 
Bu dunyo har kimga omonat, omonat.
Sinovlari ko‘p sirli sayohat, sayohat.
 
Dunyo topsang sen gohida
Kibr yo‘lini tutma.
Shayton so‘ziga kirib sen
Makr yo‘lidan ketma. (2x)
Tanu joning omonatdir,
Ey, do‘st, unutma!
 
Bu dunyo har kimga omonat, omonat.
Sinovlari to'lqinli sayohat, sayohat.
 
Tangri suyar, jafoga ham
Qil vafo, qil vafo.
Dardi borga malham bo‘lgin,
Bo‘l davo, bo‘l davo. (2x)
Kimlargadur yetmay qolar
Osmonda havo.
 
Bu dunyo har kimga omonat, omonat.
Sinovlari ko‘p sirli(to'lqinli) sayohat, sayohat. (2x)
 
Submitted by Ashi Udegedan on Mon, 07/04/2014 - 22:39
Last edited by Ashi Udegedan on Mon, 03/04/2017 - 09:17
Added in reply to request by kerakemas
Thanks!thanked 1 time

 

 

Advertisement
Please help to translate "Omonat"
Comments
kerakemas    Mon, 07/04/2014 - 22:59

Katta rahmat Ashi!!!!! Regular smile