Advertisement

Shahrizoda - Sevishganlar

Uzbek

Sevishganlar

Koʻzlarida bordur yulduz toʻla osmonlar,
Dillarida bordur ushalmagan armonlar,
Ular xuddi oppoq bulutlardan tushganlar,
Hayotni ham goʻzal etkaydir sevishganlar.
 
Naqarot
Hayotni xayollar ichida mast boʻlib yashaydilar
Sevishganlar.
Hayotdan yaralgan bir goʻzal dunyoga oʻxshaydilar
Sevishganlar.
Xayollar, xayollar ichida mast boʻlib yashaydilar
Sevishganlar.
Xayoldan yaralgan bir goʻzal dunyoga oʻxshaydilar
Sevishganlar.
 
Balki, ular - roʻyoga aylangan ertaklar,
Koʻngillarni yaxshilik tomonga etaklar.
Axir ular dunyoda baxtiga yetishganlar,
Hayotni ham goʻzal etkaydir sevishganlar.
 
Naqarot …
 
Yuraklarida zarracha bir gʻubor yoʻq,
Faqat bir sevgi yonadi misoli choʻgʻ.
 
Naqarot …
 
Submitted by Ashi Udegedan on Mon, 29/04/2013 - 01:48
Submitter's comments:

Песня на музыку из кинофильма "Влюбленные".

Thanks!

 

 

Advertisement
Please help to translate "Sevishganlar"
Comments