Advertisement

Shahrizoda - Xorijda Yurgan Ayol

Uzbek

Xorijda Yurgan Ayol

Tirikchilik niqobi,Mexnatga qochar tog'i (x2)
 
Qo'lda Shayton kitobi, o'z uyingga qayt xalol,
Xorijda yurgan ayol... (x2)
 
Dardi xayol, dardi pul,
It xidlagan atirgul
Dardi xayol, dardi pul,
It xidlamas atirgul
 
O'z nafsiga o'zi qul
 
Es xushingni yig'ib ol,
Xorijda yurgan ayol... (x2)
 
Zuxromisan, Zubayda,
Or-nomus qoldi qayda (x2)
 
Xitoydami dubayda,
 
Umringni qilma uvol,
Yo'lin yo'qotgan ayol... (x2)
 
To'maris Bibixonning,
Kumushlar toza qoning (x2)
 
Zulfiyalar vijdoning
 
Yodingda yo'q extimol,
Yo'lin yo'qotgan ayol (x2)
 
Exx, yodingda yo'q extimol,
Yo'lin yo'qotgan ayol... (x2)
 
Ilashibsan illatga,
Dog'i tushar qimmatga (x2)
 
Nima deysan millatga
Nima deysan millatga
 
Joningdan qimmat savol,
Xorijda yurgan ayol... (x2)
 
O'zbek ayol ibosi
Yetmas dunyo tillosi
 
So'zimiz indallosi
Yurt qaddini qilma dol
Xorijda yurgan ayol
 
Xaq yo'lidan adashma,
Boylik ketidan shoshma (x2)
 
Bandasan xaddan oshma
 
Oxirating asrab qol,
Xorijda yurgan ayol... (x2)
 
Es xushingni yig'ib ol,
Xorijda yurgan ayol
 
O'z uyingga qayt xalol,
Xorijda yurgan ayol...
 
Submitted by Ming Lau on Mon, 04/05/2015 - 16:31
Thanks!

 

 

Advertisement
Translations of "Xorijda Yurgan Ayol"
Please help to translate "Xorijda Yurgan Ayol"
Comments
kerakemas    Mon, 31/08/2015 - 05:10

Thank you for these lyrics! Regular smile