Russia is waging a disgraceful war on Ukraine.     Stand With Ukraine!
Share
Font size
Translation
Swap languages

Uzun va tor bir yo'ldaman

Uzun va tor bir yo'ldaman
Ketyapman kunduz-kecha
Bilmayapman ne holdaman
Ketyapman kunduz-kecha
 
Dunyoga kelganim onda
Yurardim ayni zamonda
Ikki eshikli bir xonada
Ketyapman kunduz-kecha
 
Hatto uyquda yuraman
Qolmoqqa sabab izlayman
Ketganlarni ham ko'raman
Ketyapman kunduz-kecha
 
Qirq to'qqiz yil bu yo'llarda
Yaylov, tog'da, cho'llarda
Tushganman g'eurbat ellarga
Ketyapman kunduz-kecha
 
Chuqur o'ylab ko'rilsa
Uzoq ko'rinar boqilsa
Yo'l bir daqiqa miqdoricha
Ketyapman kunduz-kecha
 
Shoshar Veysal bu holga
Goh yig'larkan, goh kula
Yetishmoq uchun manzilga
Ketyapman kunduz-kecha
 
Original lyrics

Uzun İnce Bir Yoldayım

Click to see the original lyrics (Turkish)

Please help to translate "Uzun İnce Bir ..."
Collections with "Uzun İnce Bir ..."
Comments