Publicidad

Heartbeat (traducción al Uzbeko)

  • Artista: BTS (Bangtan Boys) (방탄소년단)
  • Canción: Heartbeat 16 traducciones
  • Traducciones: Alemán, Búlgaro, Español, Francés, Griego, Inglés, Rumano, Ruso #1, #2, #3, Transliteración #1, #2, Turco #1, #2, Ucraniano, Uzbeko
traducción al UzbekoUzbeko
A A

Yurak Zarbi

Qalbda g'ashlik jonim ajib hissiyot quchog'ida
Qolgandekman ro'yo misol haqiqat tuzog'ida
Chulg'ab olib ular meni ayirdi es-hushimdan
Farqim yo'q kunduz chiqgan osmondagi to'lin oydan
Agar bo'lsaydim yolg'iz
Gar yashasaydim sensiz
Taslim bolardim so'zsiz
Yo'qolib bu dengizda
 
Lekin yonmoqda yurak
Qalbimda o'tli istak
Seni topaman albat
Chunki bu bizning qismat
Istayman sevishingni meni jonim
Kechagidek qo'yib yubormay qolim
Seniki kabi urar yuragimning har zarbi
Uzoqlashma bo'lgin men bilan yorim
 
Sezyapman sensan mening taqdirim
His qilgin menman sening taqdiring
 
Eshitganingda jonim qalbim zarbi
Berasan menga yangi hayot yangi umr
Yuraging zarbi uzoqlashgani sari
Ozaman men aqlimdan
Nur yo'qolar qalbimdan
Uchratguncha seni men bilmasdim kimligim
Yor meni tanlading sen tanitding o'zligim
Butun olamga jar solay isming
Kerakmas endi bu dunyo
Chunki egasiman sening olaming yor
 
Kinolar kabi tanishuvimiz
Allaqachon yozilgan samolarda
Ma'nosiz tentirashlar
Oxiri yo'q adoqsiz bu yo'llarda
Sensan chalkash yo'llardagi yo'lboshchim
Sen mening farishtam mening quyoshim
Yomg'ir to'xtamaguncha yo'llar tugamaguncha
Qolaman qo'llaringdan men tutgancha
 
Istayman sevishingni meni jonim
Kechagidek qoyib yubormay qolim
Seniki kabi urar yuragimning har zarbi
Uzoqlashma bolgin men bilan yorim
 
Sezyapman sensan mening taqdirim
His qilgin menman sening taqdiring
Sezyapman sensan mening taqdirim
His qilgin menman sening taqdiring
 
Qalbim o'tda yonmoqda sening sevging deb
Oh yuragim otashinda sening ishqing deb
Istayman sevishingni meni jonim
Kechagidek qoyib yubormay qolim
Seniki kabi urar yuragimning har zarbi
Uzoqlashma bolgin men bilan yorim
 
Sezyapman sensan mening taqdirim
His qilgin menman sening taqdiring
Sezyapman sensan mening taqdirim
His qilgin menman sening taqdiring
 
Publicado por Luna MoonLuna Moon el Sáb, 20/07/2019 - 12:23
Editado por última vez por Luna MoonLuna Moon el Mié, 24/07/2019 - 17:55
Comentarios del autor:

Videokliplarni tarjimalari bilan Youtube kanalimda ko'rishingiz mumkin.
https://www.youtube.com/watch?v=cJGdI5WM1Ww

Heartbeat

Comentarios