La Russie a lancé une guerre honteuse contre l’Ukraine.     Soutenez l’Ukraine !
  • Shahrizoda

    Erkak • Qalb isyoni

Partager
Taille de la police
Paroles originales

paroles de Erkak

Dunyoga kelding – bu ham omad,
Yetti muchangiz sogʻu salomat,
Bolam deya suyundi onangiz,
Boʻyingdan aylanay! – deydi dadangiz.
Oʻgʻil bolasiz juda shunday,
Yoshlik oʻtib ketdi bir zumda
Solishib, tepishib, yeb kaltaklar –
Oʻgʻil bola boʻlib tugʻilgan-da erkaklar.
Ranging oqmi, qora, malla - boʻlmagin rasvo,
Dabdala: aroq, qimor, koʻknor, nasha,
Zinodan qilgin andisha.
Qara, barobar emas bu besh qoʻl,
Qoʻygan qadamingga hushyor boʻl!
 
N a q a r o t:
Erkak, erkak, erkak, erkaklar,
Hayot ayamaydi kaltaklar.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar!
Erkak, erkakmisizlar – chidanglar!
 
“Bor boʻl, erkak” deyatgan bu dunyo.
Omonat jon, tan. Kim boy? Kimga dor.
Kasbing, halollab topgin noningni.
Haromdan qoch, qiynama joningni.
“Yaratgan!” – degin, xudo qoʻllasin.
Qoʻllasin, bandasin oʻzi asrasin.
Tirikchilik, deysan, pul qoʻlning kiri,
Qarz boʻlsang toʻla qarz, erkakning eri.
Erkakmisan, olmagin qasd,
Mard boʻl endi, nomard emas!
Nohaqlik koʻp bu dunyoda,
Erkak boʻlish oson emas.
 
N a q a r o t: ..............
 
Jufti halol yaxshi, bu ham omad,
Oʻgʻil yo qiz – bu zoʻr neʼmat.
Ot bosganni toy ham bosadi,
Qoʻyniyam, echkiniyam oʻz oyogʻidan osadi!
“Bir boshga – bir oʻlim” – yaxshi bilasan.
Otasan – bolaga javob berasan,
Hayot goʻzaldir, ajoyib,
Oʻlim haqdir, bizlar magʻlub.
Oxir borar joy – qora yer,
Sherning oʻligini ham derlar sher.
Yana bitta erkakcha gap –
Oʻzingdan zoʻrmi u, tan ber.
Oʻzingga, oilangga insof soʻra,
Uyalib qolishdan asrasin joʻra.
Ollohim, tangrim! Rahim, rahmonsan,
Kimni aziz yoki xor qilasan.
Qilgin rahm, qil mehr-shafqat,
Oʻzingdan oʻzgasiga egiltirma faqat.
 
N a q a r o t: ............... (2x)
 

 

Traductions de « Erkak »
Commentaires
kerakemaskerakemas    Ven, 14/02/2014 - 21:15

Боже мой, спасибо тебе большое! И ха-ха, я думаю, это будет звучать немного странно, так как оригинальная песня поется человеком! :)

Oh my God, thank you so much! And haha, I think it would sound a bit strange, since the original song is sung by a man! :)

kerakemaskerakemas    Mer, 19/02/2014 - 01:37

P.S. There is an extra 'erkak' in the first line of the chorus :)
--> Постскриптум Существует дополнительный 'erkak' в первой строке хора :)

"Erkak, erkak, erkak, erkaklar"