Amira Alibekova - Ikki Sohillar

Reklám
Üzbég/Cyrillic
A A

Ikki Sohillar

Dardimga bir dardkash dil bormu? (x2)
 
Alamim bor yo‘llarida,
O‘tayotgan yillarida,
Ayirar bizni yo‘llar,
Jim o‘tar yillar.
 
Yuragimni sog‘inch yer,
Bilmaganlar telba der,
Sevgi telbalik bo‘lsa,
Yurak ne qilsin?
 
Ikki sohillar bizlarga o‘xshar,
Ikki sohillar, ikki sohillar.
 
Dardimga bir dardkash dil bormu?
Yoki bir chora yo‘l bormu?
Netayin dunyo, chin sevarman. (x2)
 
Savolim bor taqdirga,
Ha, kelmaganmiz birga,
Yo‘llarim ayro bo‘lsa,
Uchratding nega?
 
Yuragimni sog‘inch yer,
Bilmaganlar telba der,
Sevgi telbalik bo‘lsa,
Yurak ne qilsin?
 
Dardimga bir dardkash dil bormu?
Yoki bir chora yo‘l bormu?
Netayin dunyo, chin sevarman. (x2)
 
Dardimga bir dardkash dil bormu?
 
O‘zimni tanimasman,
Yurak dardi bitmasmu?
Taqdirga qoyilmasman,
Shuncha kuydim yetmasmu?
 
Ishqda vafo bo‘larmu?
Yor bir kuni kelarmu?
O‘rtamizda ig‘volar
Sevgimizni jazolar.
 
Ikki sohillar bizlarga o‘xshar,
Ikki sohillar, ikki sohillar.
 
Dardimga bir dardkash dil bormu?
Yoki bir chora yo‘l bormu?
Netayin dunyo, chin sevarman. (x2)
 
Netayin dunyo, chin sevarman. (x2)
 
Kűldve: Ada YavuzAda Yavuz Csütörtök, 12/09/2019 - 05:45
Last edited by amateuramateur on Vasárnap, 15/09/2019 - 13:48
Added in reply to request by Ada YavuzAda Yavuz
Köszönet

 

Reklám
Videó
Amira Alibekova: Top 3
Please help to translate "Ikki Sohillar"
Hozzászólások