Reklám

Lights (Üzbég translation)

Üzbég translationÜzbég
A A

Yog'du

Versions: #1#2
Yana yakshanba qo'ng'iroq-u xabarlar bari javobsiz
Biror ish qilishga menda yo'q xohish
Ba'zida bu holdan yuragim notinch
Shu on sezmoqdaman o'zni imkonsiz
 
Bilaman bordir yordamimga muhtojlar
Qulog'im ostida ovozing jaranglar
To'polonda go'yo to'xtagandek vaqtlar
Ikkimizni bir umrga bog'lar bu ovozlar
 
Gar yumsam men ko'zlarim
Zulmat ichra nur bo'lding sen
Bu yog'du yoritdi yo'llarim
His etmay qo'rquvni bo'lamiz birga sen-u men
Sen qalbimning nuri sen hayotim yog'dusi
Umrimning so'ngigacha
Sen qalbimda porlaysan
Sen qalbimning nuri sen hayotim yog'dusi
Qanchalar olisda bo'lsak-da
Sen meni nurlarga chulg'aysan
 
Dard neligin bilgan farishtalar
Tun qo'ynida qanotsiz ucharlar
Hayolarimda doimo sevgi haqidagi o'ylar
Hayolarimda doimo sevgi haqidagi o'ylar
Istamayman eshitishni faqat baxtning kuylarin
Yolg'izligim ila men yuzma-yuz bo'larman
Yo'qotaman-topaman hayotimning ranglarin
Lek bugun ham nenidir men izlarman
 
Men ishonaman hamma narsa o'zgarar
Hech narsa bo'la olmas mukammal
Hatto ma'nolarga to'ladir bu onlar
Va bizni bir umrga bog'lar bu sadolar
 
Gar yumsang sen ko'zlaring
Zulmat ichra nur bo'ldim men
Bu yog'du yoritdi yo'llaring
His etmay qo'rquvni bo'lamiz birga sen-u men
Men qalbingning nuri men hayoting yog'dusi
Umring so'ngigacha
Men qalbingda porlayman
Men qalbingning nuri men hayoting yog'dusi
Qanchalar olisda bo'lsak-da
Sen meni nurlarga chulg'aysan
 
Men o'ylagandimki go'yo
Bedor tunlar bu aslida ro'yo
Bilsam buning barisi haqiqat
U sababli men endi kuchli inson
Ayting asli nedir muhabbat
Javobing bo'lsa bilish istayman shu on
Qalbim sinsa-da ko'ryapman men bu yog'duni
Axir zulmatli tunlar ham tongga bo'shatar o'rnini
Qiyinchiliklarni yengsakda ertaga
Qaramaymiz endi aslo ortga
Anglagin nimalar yetishtirar seni baxtga
Har kuni asta-sekin qadam bosgin oldga
 
Ba'zan yaxshidir ko'rsatsang ojizliging
Yaxshidir saqlab qolsang sen kimliging
Ortiq aldama yetar sen o'zing
Hammamizni bir umrga bog'lar bu navolar
 
Gar yumsam men ko'zlarim
Zulmat ichra nur bo'lding sen
Bu yog'du yoritdi yo'llarim
His etmay qo'rquvni bo'lamiz birga sen-u men
Sen qalbimning nuri sen hayotim yog'dusi
Umrimning so'ngigacha
Sen qalbimda porlaysan
Sen qalbimning nuri sen hayotim yog'dusi
Qanchalar olisda bo'lsak-da
Sen meni nurlarga chulg'aysan
Sen meni nurlarga chulg'aysan
 
Köszönet
Kűldve: Luna MoonLuna Moon Hétfő, 12/08/2019 - 11:38
Szerző észrevételei:

Videokliplarni tarjimalari bilan Youtube kanalimda ko'rishingiz mumkin.
https://www.youtube.com/watch?v=dbjODAXPGfI&t=41s

Lights

Hozzászólások
Read about music throughout history