Oroszország gyalázatos háborút folytat Ukrajna ellen.     Állj ki Ukrajnával!
  • Yulduz Usmonova

    Bilaman

Ossza meg
Betűméret
Eredeti dalszöveg

Bilaman szöveg

Bizni rashk ayirgan edi asli,
Dilda – sog‘inchlar zahri.
Unut o‘rtadagi gumonlarni
Asl sevgimiz haqqi.
 
Bilaman,
Yorqin kunlarim sen bilan... bilaman,
Xatolarim kechirolmassan, bilaman.
Balki yo‘lingdan ham
Qaytmassan, bilaman.
 
Bilasan,
O‘zingdan o‘tgan dardni o‘zing bilasan,
G‘ururing yo‘l bermaganini ham bilasan,
O‘zingdan ham xatolar o‘tgan, bilasan.
 
Xafa bo‘lma, sevgilim,
Bilib-bilmay diling og‘ritdim.
Men senga kerak kunim
E`tiborsiz olisga ketdim.
Mana, turibman qadring bilib,
Qarshingda bir o‘zim.
Kecholmadim, ketolmadim...
 
Nima qilay, o‘zim ketib,
Qalbim aslo ketmas sendan,
Sevaman, qanday sevgan bo‘lsam
O‘sha birinchi kunda...
Kel yonimga, endi so‘roq qilib,
Sevgimiz qiynama,
Kecholmadim, ketolmadim...
 
Esda qolar ekan birinchi kun...
Yod et sevgimiz haqqi.
Go‘zallarni ko‘p ko‘rdim dunyoda,
Lek tanhosan, sevgilim.
 
Bilaman, eng yorqin kunlarim
Sen bilan, bilaman.
Xatolarim kechirolmassan, bilaman.
Balki yo‘lingdan ham
Qaytmassan, bilaman.
 
Bilasan,
O‘zingdan o‘tgan dardni o‘zing bilasan,
G‘ururing yo‘l bermaganini ham bilasan,
O‘zingdan ham xatolar o‘tgan, bilasan.
...........
 

 

"Bilaman" fordításai
Yulduz Usmonova: Top 3
Hozzászólások