広告

Söyle canım (ウズベク語 の翻訳)

ウズベク語 の翻訳ウズベク語
A A

So'yla, jonim

Goh u yerda, goh bu yerda kechdi kunlar, fasllar
Qayerda oqshom, o'sha yerda tong kezdim yurdim darbadar
Sendan avval hech narsaning qiymatini bilmasdan
Sendan avval hech kimsani bunchalik sevmasdan
 
Yagonam, so'yla, jonim, ne istasang ista mendan
Istasang, kechsin hayot bayramlar-la, ayyomlar-la
Istasang, kelsin bahor sumbullar-la salqinlar-la
Istasang, dunyo aylansin junbushlar-la cholg'ular-la
 
Yagonam, so'yla, jonim, ne tilasang tila mendan
Istasang, do'st bo'laylik ko'klardagi turnalar-la
Istasang, to'y qilaylik dovullar-la surnaylar-la
Istasang, jar solaylik to'rt tomonga qo'shiqlar-la
 
Yer yuzidan, ko'k yuzidan, o'zligimdan bir xabar
Qayerda oqshom, o'sha yerda tong kezdim yurdim darbadar
Sendan avval hech narsaning qiymatini bilmasdan
Sendan avval hech kimsani bunchalik sevmasdan
 
ありがとう!
水, 23/06/2021 - 18:10にRavshanoyRavshanoyさんによって投稿されました。
トルコ語
トルコ語
トルコ語

Söyle canım

"Söyle canım"の翻訳を手伝ってください。
Erol Evgin: トップ3
コメント
Read about music throughout history