Kayıp (우즈베크어 번역)

Advertisements
우즈베크어 번역우즈베크어
A A

Hayif

Versions: #1#2#3
Hazin bir rangga boʻyaldi bulutlar
Ikkimizga yogʻar bu nozli yomgʻirlar
Umidim uzuldi, oʻtmoqda zamonlar
Ayriliq begining quli biz oshiqlar
 
Qoʻllaring kaftimda soʻldi
Yarador bir nozik qushdek
Tugagan ishqdan jerkinib uchdi
 
Yoʻling boʻlsin oq yoʻl, demak istardim
Boʻgʻzimda tugunli soʻzlarim hayif
Qolgan shu umrimda hech kimni sevmam
Chunki bu badanda yuragim hayif
 
Bugun jannatlardan kelajak malaklar
Seni qoʻriqlarlar duolar tilaklar
Menchi bu sevgining uzun gʻurbatida
Toʻkilarman har kun sening hasratingla
 
Yarim qoldi bu hikoyamiz endi seningla
Ayro yoʻllarga ketmoqdamiz,
Hayot bu...
Sargardon shamol kabi esding sen endi olislarga
Men koʻksimda soʻlgan bir gul ila yasharman koʻp yillar
Yashamoqmi shu
Ayro oqshomlar yotib
Ayro saharlarda uygʻonurmiz bunda soʻng
Hatolar ishq sanalib
Boshqa tanlarda ovunarmiz ilojsiz
Va barcha pinxon yaralarimiz
Shuni bilki doimo
Men eng goʻzal damlarni hotiramda saqlayman
Tin olarsan koʻngil bogʻimda
Sochlarimning har bir tolasi kabi
Koʻzlarimda akslangan quyosh nuri kabi
Men seni berkitarman bu shaxarda
Bir kun qaytarsan deya
Oʻzingni ehtiyot qil ey suyukligim
Oʻzingni ehtiyot qil eng suyukligim
 
투고자: Zafarbek BabajanovZafarbek Babajanov, 水, 15/08/2018 - 11:00
터키어터키어

Kayıp

코멘트
RavshanoyRavshanoy    火, 18/12/2018 - 06:42

"Kayıp"-g'oyib bo'lmoq. "Hayf" umuman boshqa ma'noni bermoqda