Advertisements

Shahrizoda - Go'zal ertak

  • 아티스트: Shahrizoda (美丽公主组合)
  • 곡: Go'zal ertak
  • 번역: *로마자 발음, 영어, 터키어
우즈베크어/Cyrillic/*로마자 발음
A A

Go'zal ertak

Olislarda bor ekan uch go‘zal shahrizoda,
Uch go‘zalning tushlariga kirdi bir shahzoda.
Moviy yelkanlarda baxtini izlab keladi,
Lekin qay malikaga yuragini beradi?
Yuragini beradi...
 
N a q a r o t:
Go‘zal orzuyimda,
Shirin xayolimda,
Moviy ko‘zlaringni
Asradim qalbimda.
Kelib uzoqlardan,
Moviy yelkanlarda
Bir kun topib meni
Bo‘lasan yonimda!
 
Uch malika bir biriga sirlarin ochmasdi,
Uchovdan ham xayolidan shahzoda ketmasdi,
Moviy ko‘zli shahzodaning yo‘liga intizor,
Ohu ko‘zlar kechalari bo‘ladi bedor.
 
N a q a r o t: .....
 
Olislardan keldi moviy yelkanlar,
Ortda qolib ketsin sog‘inchga to‘la tunlar!
Sog‘inchga to‘la tunlar...
 
N a q a r o t: ......
 
Go‘zal orzuyimda,
Shirin xayolimda,
Bedor tunlarimda
Kutaman seni!
Dengizlar ortida,
Chiroyli qasrda
Bir kun albatta, jonim,
Topasan meni.
 
고마워요!
thanked 2 times
투고자: Ashi UdegedanAshi Udegedan, 月, 09/12/2013 - 00:51
Added in reply to request by wuhuahua089wuhuahua089

 

Advertisements
영상
Shahrizoda: 상위 3
코멘트
Read about music throughout history