Wil je alsjeblieft "Azob" vertalen?

Deel
Lettertypegrootte
Originele teksten

Azob

Gapirma jim! o’z ko’zlarim bilan ko’rdim,
Yo’limdan qoch xammasidan to’yib kettim.
Necha bora xiyonat lekin kechiraverardim sevganim sabab,
Meni unut bugundan boshlab.
 
Ketarman lekin nimadir mani ortimga tortar,
Lek ishonaman bir kun yurak uni unitar.
Xayotda xatoyim bo’ldi sani uchratganim,
Undan xam battari buldi sani sevib qolganim.
 
Lekin tolib qolgan sabir kosam,
Ketaman izlab yordam yuragim to’xtab bulgan.
Qollarim ko’ksimga ko’ysam – o’lsam,
Qo’llarim qon , osha qonda xam seni visoling namoyon.
 
Endi yuragim urmasa kimga xam kerak man,
Yuragim san bilan qoldi, sanga kerakmasman.
O’zi kerak bo’lganmi? Bu dunyoda bir zum,
A xech bo’lmasa sog’inganmiding bir kun.
 
Ko’zlarim xiralashdi yuragim umuman yo’q,
Astalab kun botardi orqaga esa yo’l yo’q.
Ko’chada qish kunlari manga yomon sovuq,.
Shunda xam seni eslardim sanga qizig’I yo’q,.
 
Sanga qizig’i bo’lmasa kimga qizig’i bor,
Axir sandan ortik bu dunyoda kimim bor,
San xam mendan vos kechding endi menda xech yo’q.
Mani uyqumkeladi lekin ko’chada sovuq.
 
Agar xozir uxlasam Uyg’onmasligim tayin,
Ko’karib ketdi lablarim chidayolmadim.
Ko’zlarim yumildi yaxnab qolgan kipriklarim,
Bir biriga ulandi xammasi bugun tugadi…
 
Ko’zlarim ochilganda qandaydir xonadonda yotardim bir o’zim,
Chamasi yarim soatdan keyin kirib keldi begona insonlar.
Lekin mehirga tola ko’zlar meni asrab qoldi 18 yoshli go’zal.
Oradan o’tardi kunlar lekin lekin mani qiynardi o’sha o’ylar,
 
Xatto begona insonchali bo’lolmading menga,
Shu begona insonlar malxam bo’ldi dardimga,
18 yoshli qiz tuyg’usi mani uyg’otdi,
Agar shu qiz bo’lmaganda borardim qayoqga.
 
Mexribon ekan qutqardi mani o’limdan,
O’sha kuni baxt uchradi manzili yo’q yo’ldan,
Astalab sekin unga tushdi ko’nglim unga berdim mexrim.
Lek yuragim berolmadim .
 
Chunki o’sha ayanchli kun yurak qoldi senda,
Azob-u uqubatdan ortiq ne qoldi menda ,
Lekin esingdan chiqarma bir kun kelib boraman.
Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman,
 
Sani oshiqlaringdam endi mani kamim yo’q .
Manda mashina bor kiyim kechaklarim ko’p
Axir sega yoqmasmidi kimda mashina bo’lsa
Kimda kiyimlari ko’p xar kuni almashtirsa
 
O’sha payt man netay sharoitim bo’lmagan
Axir sen emasmiding mani shu kuyga slogan
Bugun kun botib sani oldingga boraman
Senda qolib ketgan yuragim qaytib olaman
 
Yaqinlashganim sari san tomonga
Ich-ichimdan to’lib ketdim negadir xayajonga
Eshik oldida turib ozgina shoshilmadim
Avval uying atrofiga nazar tashladim
 
Xammayoq isqirt edi umuman qaralmagan,
Bu yerda xalovat tugab yovuzlik xukum surgan.
O’ylanib qoldimda so’ngra bostim tugmani,
U esa chiqib keldi ko’zlarida yoshlari.
 
Yoshini ko’rib ichimdan suyinib ketdim ,.
Axir mani axvolimga u achinmagan edi,
O’ylab ko’rsam manga u yuragni keragi yo’q,
Manda boshqa yurag manga o’sha yurak kerak,
 
Senda qolib ketganini o’zingga olib qo’y,
Unga sandan boshqa xech kim sig’maydi bilib qo’y,
Keyin chiqib ketdim ortimni o’girib ,
U esa ortimdan chiqdi yalinib yolvorib.
 
Lekin seni kechirmayman bu dunyoda xech qachon
Axir sani sevganman deb o’ldirib ketding mani…
 
Gapirma jim! o’z ko’zlarim bilan ko’rdim,
Yo’limdan qoch xammasidan to’yib kettim.
Necha bora xiyonat lekin kechiraverardim sevganim sabab,
Meni unut bugundan boshlab.
 
Translation
 
Login of registreer om een vertaling te plaatsen.
Vertalingen van "Azob"
Gegeven reacties