Shahzoda (Uzbekistan) - Unutolmadim

Reklamy
uzbecki/Cyrillic/Transliteracja
A A

Unutolmadim

[Shohruhxon]
Nega faqat senga zorman, azizam?
Nega faqat seni buncha sevaman, sevaman?
Savolimga javob topa olmayman,
Qiynalaman, azob chekaman.
 
[Shahzoda]
Nega aynan senga ko’nglim beribman?
Nega endi sendan yiroqlashaman, azizim?
Senga ipsiz bog’lanibman yana man,
Ishq bog’ida yana kezaman.
 
[Shahzoda & Shohruhxon]
Unutolmadim, voz kecholmadim,
Kechalari muzladim.
Unutolmadim, voz kecholmadim,
Lekin kechirolmadim. (x2)
Seni so’radim…
 
[Shohruhxon]
Hamon borsan mening xayollarimda,
Xotiralarim sodiq yo’ldoshim, yo’ldoshim.
Asrayabman seni yuragim ichra,
Yashayabsan faryodlarimda.
 
[Shahzoda]
Menga nasib etmagan ekan sevgim,
Hamon borsan qiynoqlarimda, mening armonim.
Asrayabman seni yuragim ichra,
Yashayabsan qiynoqlarimda.
 
[Shahzoda & Shohruhxon]
Unutolmadim, voz kecholmadim,
Kechalari muzladim.
Unutolmadim, voz kecholmadim,
Lekin kechirolmadim.
 
Unutolmadim, voz kecholmadim,
Kechalari muzladim.
Unutolmadim, voz kecholmadim,
Kechirolmadim, seni so’radim.
[x2]
 
Udostępniono przez wuhuahua089wuhuahua089 dnia niedz., 05/07/2015 - 11:57
Dzięki!podziękowano 7 razy

 

Reklamy
Nagranie wideo
Tłumaczenia piosenki „Unutolmadim”
Shahzoda (Uzbekistan): Najbardziej popularne 3
Proszę pomóż przetłumaczyć
Moje komentarze