Shohruhxon - Ayamay

Reklamy
uzbecki/Cyrillic
A A

Ayamay

Ayni bahor chog‘ida,
Sevishganlar faslida
O‘rin olding behos ko‘ngildan.
Qanday bilmayman, birdan,
Hammasi bu taqdirdan,
Kamina juda mamnun bundan.
 
Aldaydi deb oylama,
Sho‘xligimga qarama,
Seni shunchaki men sevaman.
Ko‘zlaringdan sezaman,
Sen ham meni sevasan,
Lekin nega hech aytolmaysan?
 
Ayamay sendan sevgim,
Ayamay tuyg‘ularim,
Ayamay sendan mehrim,
Ayamay muhabbatim.
 
Ayamay sendan sevgim,
Ayamay tuyg‘ularim,
Ayamay sendan sevgim,
Ayamay muhabbatim.
 
Osmonlarga qarayman,
Yana seni eslayman,
Sen ham eslaysanmu, bilmayman.
Takror yana aytaman
Va hech kimga bermayman,
Chunki seni juda sevaman.
 
Aldaydi deb oylama,
Sho‘xligimga qarama,
Seni shunchaki men sevaman.
Ko‘zlaringdan sezaman,
Sen ham meni sevasan,
Lekin nega hech aytolmaysan?
 
Ayamay sendan sevgim,
Ayamay tuyg‘ularim,
Ayamay sendan mehrim,
Ayamay muhabbatim.
 
Ayamay sendan sevgim,
Ayamay tuyg‘ularim,
Ayamay sendan sevgim,
Ayamay muhabbatim.
 
Udostępniono przez EfsaYueshiEfsaYueshi dnia sob., 07/04/2018 - 12:20
Ostatnio edytowano przez amateuramateur dnia śr., 28/08/2019 - 16:57
Dzięki!podziękowano 2 razy

 

Reklamy
Nagranie wideo
Shohruhxon: Najbardziej popularne 3
Proszę pomóż przetłumaczyć
Moje komentarze