Fake Love ( Tradução para Usbeque)

Advertisements
Tradução para UsbequeUsbeque
A A

Soxta Sevgi

Yuragim to'ksa-da yosh
Sen uchun axir bor edi yuzimda kulgim
Berdim men bardosh
Sen uchun axir bo'lsa-da qalbimda dardim
Ertaklardagidek ishqni istagan edim
Ojizliklarim yashirishni xohlagan edim
Bilsam gullamas bugun gullarim
Amalga oshmas ekan afsus orzularim
 
Ado qildi bu
Yolg'on sevgi Armon sevgi Sarson sevgi
Afsus ammo bu
Yolg'on sevgi Armon sevgi Sarson sevgi
 
Benuqson bo'lay dedim Sen uchun
Dunyolarni men berdim Sen uchun
Borlig'imni alishdim Sen uchun
Lek kimligim unutdim Men bugun
Bu bizning olam biroq sen yo'qsan
Bugun yo'qotdim men kelgan yo'lim
Shubhadaman hatto kimligim mening noma'lum
Ko'zgu oldida men so'rayman Jin ursin sen kim?
 
Yuragim to'ksa-da yosh
Sen uchun axir bor edi yuzimda kulgim
Berdim men bardosh
Sen uchun axir bo'lsa-da qalbimda dardim
Ertaklardagidek ishqni istagan edim
Ojizliklarim yashirishni xohlagan edim
Bilsam gullamas bugun gullarim
Amalga oshmas ekan afsus orzularim
 
Ishq bu azob Ishq bu azob
Senga atalgan shirin yolg'ondir har yoq
Ishq bu sarob Ishq bu sarob
O'zligimdan ayrilib bo'lay qo'g'irchoq
Ishq bu azob Ishq bu azob
Senga atalgan shirin yolg'ondir har yoq
Ishq bu sarob Ishq bu sarob
O'zligimdan ayrilib bo'lay qo'g'irchoq
 
Ado qildi bu
Yolg'on sevgi Armon sevgi Sarson sevgi
Afsus ammo bu
Yolg'on sevgi Armon sevgi Sarson sevgi
 
Nega Xafasan? Anglamadim bilmadim
Tabassum qil sevaman deb aytgin
Qara hatto men ham taslimman
Yor hatto sen ham tushunmaysan
Sen aytasan begonasan men sevgan inson emas
Sen aytasan boshqasan men bilgan inson emas
Nima deganing bu? Ojizman men
Sevgi? Shumi sevgi? Bu bari qalbaki.
 
Bilmadim ko'rmadim sezmadim nega
O'zim ham kimligim unutdim nega
Men bildim men ko'rdim men sezdim chunki
Bu bari Yolg'on sevgi Armon sevgi Sarson sevgi
 
Ishq bu azob Ishq bu azob
Senga atalgan shirin yolg'ondir har yoq
Ishq bu sarob Ishq bu sarob
O'zligimdan ayrilib bo'lay qo'g'irchoq
Ishq bu azob Ishq bu azob
Senga atalgan shirin yolg'ondir har yoq
Ishq bu sarob Ishq bu sarob
O'zligimdan ayrilib bo'lay qo'g'irchoq
 
Ado qildi bu
Yolg'on sevgi Armon sevgi Sarson sevgi
Afsus ammo bu
Yolg'on sevgi Armon sevgi Sarson sevgi
 
Yuragim to'ksa-da yosh
Sen uchun axir bor edi yuzimda kulgim
Berdim men bardosh
Sen uchun axir bo'lsa-da qalbimda dardim
Ertaklardagidek ishqni istagan edim
Ojizliklarim yashirishni xohlagan edim
Bilsam gullamas bugun gullarim
Amalga oshmas ekan afsus orzularim
 
Adicionado por Luna MoonLuna Moon em Sábado, 20/07/2019 - 12:08
Última edição feita por Luna MoonLuna Moon em Quarta-feira, 24/07/2019 - 17:52
Comentários do autor:

Videokliplarni tarjimalari bilan Youtube kanalimda ko'rishingiz mumkin.
https://www.youtube.com/watch?v=HCymlsL0EAM

Fake Love

Mais traduções de "Fake Love"
Turco Guest
Usbeque Luna Moon
"Fake Love" está nas coleções:
Comentários