Russia is waging a disgraceful war on Ukraine.     Stai cu Ucraina!
  • Lola Yuldasheva

    Seni Deb

Acțiune
Marimea fontului
Versuri originale

Seni Deb versuri

Tomchilab osmondan yogʻadi yomgʻir,
Shirin muhabbatingsiz yashashim ogʻir.
Sening xayoling-la koʻzim ocharman,
Baxtli onlarimdan taskin toparman.
 
Sening nigohlaring sezilar har on,
Qiynashdan toʻxtamaydi sogʻinchli armon.
Sensiz bu kunlarim goʻyoki zulmat,
Aytgin qachon tugaydi qalbimda hasrat?
 
Seni deb, seni deb, yuragim urar har on,
Seni deb tunu kun, qaygʻular chekar hijron.
Seni deb, seni deb, seni deb yurak tanho,
Seni deb soʻrashdan, xayolim tinmas aslo.
 
Yulduzli osmonga termulib har kun,
Seni esga olarman, dardliman butun.
Tinmay orzularda sen-la kezarman,
Oʻtli nigohlaringni qalbdan sezarman.
 
Sening nigohlaring sezilar har on,
Qiynashdan toʻxtamaydi sogʻinchli armon.
Sensiz bu kunlarim goʻyoki zulmat,
Aytgin qachon tugaydi qalbimda hasrat?
 
Seni deb, seni deb, yuragim urar har on,
Seni deb tunu kun, qaygʻular chekar hijron.
Seni deb, seni deb, seni deb yurak tanho,
Seni deb soʻrashdan, xayolim tinmas aslo.
 

 

Traduceri ale cântecului "Seni Deb"
Lola Yuldasheva: Top 3
Comentarii