Реклама

Dilso‘z - Begim

  • Исполнитель: Dilso‘z ( Дилсўз)
  • Переводы: Английский, Русский, Транслитерация, Турецкий #1, #2, Турецкий (Анатолийские диалекты), Французский
Узбекский/Cyrillic/Транслитерация
A A

Begim

Kun yig’ladim, tun yig’ladim, bilmadingiz, begim-ey,
Chorladim ko’p, nazar qilib, kelmadingiz, begim-ey,
Dunyolarga sig’may ketdim, o’zni otdim taqdirga,
Bir olmadek oqdim soyda, olmadingiz, begim-ey.
 
Ohlarimga osmon yig-lar, tog’lar aza tutadi,
Bag’ri qonim bag’rimdagi nolalarga o’tadi,
Sizni qaysi dilbar mendek toqat bilan kutadi,
Firoqida g’arib qilgan bag’ritoshim, begim-ey.
 
Yo’llar uzoq, ko’ngil yaqin desangiz ham bo’lardi,
Ko’nglim senda degan so’zdan yarim ko’nglim to’lardi.
Kelsangiz-a ko’ngildagi umid guli kulardi,
Bugun ra`no bag’ri, evoh, alamingiz, begim-ey.
 
Kelmadingiz, kelmadingiz, bilmadingiz, begim-ey,
Bilmadingiz, bilmadingiz, kelmadingiz, begim-ey.
 
Спасибо!
thanked 3 times
Добавлено Ashi UdegedanAshi Udegedan в чт, 15/11/2012 - 16:28
В последний раз исправлено FaryFary в вс, 23/07/2017 - 11:37

 

Реклама
Видео
Комментарии