Реклама

Söyle Canım (превод на узбечки)

превод на узбечкиузбечки
A A

So'yla, jonim

Goh u yerda, goh bu yerda
Kechdi kunlar, fasllar
Qayerda oqshom, o'sha yerda tong
Kezdim yurdim darbadar
Sendan avval hech narsaning qiymatini bilmasdan
Sendan avval hech kimsani bunchalik sevmasdan
 
Yagonam, so'yla, jonim, ne istasang ista mendan
Istasang, kechsin hayot bayramlar-la, ayyomlar-la
Istasang, kelsin bahor sumbullar-la salqinlar-la
Istasang, dunyo aylansin junbushlar-la cholg'ular-la
 
Yagonam, so'yla, jonim, ne tilasang tila mendan
Istasang, do'st bo'laylik ko'klardagi turnalar-la
Istasang, to'y qilaylik dovullar-la surnaylar-la
Istasang, jar solaylik to'rt tomonga qo'shiqlar-la
 
Yer yuzidan, ko'k yuzidan, o'zligimdan bir xabar

Хвала!
Поставио/ла: RavshanoyRavshanoy У: Среда, 23/06/2021 - 18:08
турски
турски
турски

Söyle Canım

Коментари
Read about music throughout history