What Is Love? (превод на узбечки)

превод на узбечкиузбечки
A A

Sevgi o'zi nimadir?

Har kuni kinolarda
Romanlar-u kitoblarda
Men sevgini his etaman
Uning neligin bilaman
Duk-duk urar yuragim
Go'yo bu mening sevgi qissam
Umidlarga to'lar uning har zarbi
Qaniydi uning neligin bilsam
 
Oh balki bir kun kelar
Men bilan ham shunday bo'lar
Bu kun qachon kelar ekan?
U inson kim bo'lar ekan?
 
Men bilsam deyman
Rosttan shunchalik shirin tuyg'umi bu
Men bilsam deyman
Rosttan uni deb osmonlarda uchasanmu
Men bilsam deyman bari bari barisi
Nimadir o'zi sevgi?
Qanday hislarni his ettirar bu sevgi?
Men bilsam deyman
Qanday bo'lar gar erta-yu kech qilsang tabassum
Men bilsam deyman
Qanday bo'lar gar go'zalroq tuyulsa butun olam
Men bilsam deyman bari bari barisi
Nimadir o'zi sevgi?
Qachon mening qalbimni qurshar bu sevgi?
 
Shunchaki bu haqidagi tasavvurlar
Shunchaki oddiy o'ylar
Qalbimni o'tda yoqar
Bunchalik yoqimli bu tuyg'ular
Gar bir kun kelib chindan ham
Muhabbatni his etsam Yoshga to'lar ko'zlar
Men qiziq qanday ekan bu tuyg'ular
 
Oh balki bir kun kelar
Men bilan ham shunday bo'lar
Bu kun qachon kelar ekan?
U inson kim bo'lar ekan?
 
Men bilsam deyman
Rosttan shunchalik shirin tuyg'umi bu
Men bilsam deyman
Rosttan uni deb osmonlarda uchasanmu
Men bilsam deyman bari bari barisi
Nimadir o'zi sevgi?
Qanday hislarni his ettirar bu sevgi?
Men bilsam deyman
Qanday bo'lar gar erta-yu kech qilsang tabassum
Men bilsam deyman
Qanday bo'lar gar go'zalroq tuyulsa butun olam
Men bilsam deyman bari bari barisi
Nimadir o'zi sevgi?
Qachon mening qalbimni qurshar bu sevgi?
 
Ayt hozir keng olamning sen qayerida
Ikkimiz uchrashamiz qaysi kunda
Qachon, qanday boshlanar bizning hikoya
Hali bilmasam-da men sezyapman
Ulkan sevgi tarixi bo'lar bu juda
Har qanday asar-u kinolardan ko'ra
Bunday ishqni ko'rmagan dunyo
Mening sezgim to'g'ri bo'lar doimo
Qani kelaqol hammasiga men tayyor
 
Qayerdasan sen? Qaydan topay men seni?
Qayerdasan sen? Judayam ko'rish istayman seni
Boshqa sabrim yetmas bo'ldi yetar bas
 
Rosttan shunchalik shirin tuyg'umi bu
Rosttan uni deb osmonlarda uchasanmu
Men bilsam deyman bari bari barisi
Nimadir o'zi sevgi?
Qanday hislarni his ettirar bu sevgi?
Qanday bo'lar gar erta-yu kech qilsang tabassum
Qanday bo'lar gar go'zalroq tuyulsa butun olam
Men bilsam deyman bari bari barisi
Nimadir o'zi sevgi?
Qachon mening qalbimni qurshar bu sevgi?
 
Men bilsam deyman
Men bilsam deyman
Men bilsam deyman bari bari barisi
Nimadir o'zi sevgi?
 
Хвала!
Поставио/ла: Luna MoonLuna Moon У: Уторак, 22/10/2019 - 00:51

What Is Love?

Реклама
Коментари
Read about music throughout history