Kill This Love ( översättning till uzbekiska)

Reklam
översättning till uzbekiskauzbekiska
A A

Yo'q Bo'lsin Bu Ishq

Yeah Yeah Yeah
Blackpink endi maydonda
Yeah Yeah Yeah
 
Avval yoqimli salom
Keyin alvido tamom
Sevgining har xatosi
Bordir uning bahosi
Javobsiz asli savol
O'tolmadim men takror
Tuyg'ularga bo'ldim qul
Yuraksiz sevgi yo'qol
 
Eshik tepib kirdim bu yerga
Kuchliroq hislarni his ettir menga
Bu sevgi shunchaki oddiy ehtiros
Menga bergin bundan ortiqroq
Tursangda jar yoqasida sen yor
Bir shirin so'z - men yana qalbingda bor
Qurshab olib kuchli titroq
Tark etmas o'tli hissiyot
Jannatdaman go'yo shu choq
Lek afsus senga bu yod
 
Menga qara o'zingga boq
Aytchi menga kimga qiyinroq
Senmi aqlli? Senmi? Yo'g'e
Qonli ko'z yoshga to'lsa hammayoq
Aytchi menga kimga og'irroq?
Kim afsusda? Senmi? Yo'g'e
Ne qilay?
Charchadim men o'z ojizligimdan
Shu paytgacha ko'z yumdim men bariga
Lek endi chek qo'yish kerak bu sevgiga
 
Yo'q bo'lsin bu ishq!
Yeah, yeah, yeah, yeah, yeah
Rum, pum, pum, pum, pum, pum, pum
Yo'q bo'lsin bu ishq!
Rum, pum, pum, pum, pum, pum, pum
 
Gunohkorday sezaman o'zimni
Yonaman yonida yo'qotaman aqlimni
Telbasan deb aytar u takror
Rahmat jonim bunga sen aybdor
Butunlay yo'ldan urding sen meni
Uning ishqi - men kutganim edi
Sen va men birga bo'lsak biroq
Hech narsa yo'q bundan xavfliroq
 
Sen baxtlisan men baxtliman
Oxir-oqibat bari yolg'ondan
Shunga nima? Nima bo'pti?
Kun kelib sendan voz kechib butunlay unutsam
Uzr jonim demayman afsus
Ne qilish kerak?
Charchadim men o'z ojizligimdan
Shu paytgacha berkitdim ko'z yoshim
Lek endi oxiriga yetdi bu sevgim
 
Yo'q bo'lsin bu ishq!
Yeah, yeah, yeah, yeah, yeah
Rum, pum, pum, pum, pum, pum, pum
Yo'q bo'lsin bu ishq!
Rum, pum, pum, pum, pum, pum, pum
 
Biz qurbon bo'lamiz sevgi yo'lida
Bizni xor qilgan sevgi qo'lida
Sevgi deb kechamiz o'zimizdan
U esa kemirar ichimizdan
 
Bu ishqni yo'q qilish shart
Og'ir bo'lsa-da bu haqiqat
O'ldirish kerak bu sevgini
O'ldirmasdan oldin u seni
 
Bu ishqni yo'q qilish shart
Og'ir bo'lsa-da bu haqiqat
O'lsin bu ishq
Yo'q bo'lsin bu ishq
 
Tack!
thanked 7 times
Inskickad av Luna MoonLuna Moon Lör, 27/07/2019 - 17:53
Anmärkning:

Videokliplarni tarjimalari bilan Youtube kanalimda ko'rishingiz mumkin.
https://www.youtube.com/watch?v=VU8SFKuFle4

Kill This Love

Kommentarer