• Nilufar Usmonova

    Qaray olasanmi

Избранное
Делиться
Font Size
Оригинальный текст

текст песни Qaray olasanmi

Yoʻllar hech qachon
Sen tomon eltmas, zolim yoʻllar.
Yillar hech qachon
Endi qaytmas, zolim yillar.
 
Ochdi zolim yoʻllar,
Zolim yillar koʻzlarimni.
Eshit, senga aytar
Ikki ogʻiz soʻzlarimni.
 
Qoʻshiqlarimda yigʻlaydi
Qalbimning sen bilmas dogʻlari.
Eshiklarini ochmaydi
Muhabbatning bogʻlari.
 
Qaray olasanmi mening koʻzlarimga bir kun
Yonimdan oʻtganingda?
Qaray olasanmi mening koʻzlarimga
Qiyomat oʻrtasida?
(x2)
 
Taqdir shafqat bilmas,
Oʻyinqaroq, zolim taqdir.
Kular ustimizdan,
Biz esa jim, chora yoʻqdir!
 
Qoʻshiqlarimda yigʻlaydi
Qalbimning sen bilmas dogʻlari.
Eshiklarini ochmaydi
Muhabbatning bogʻlari.
 
Qaray olasanmi mening koʻzlarimga bir kun
Yonimdan oʻtganingda?
Qaray olasanmi mening koʻzlarimga
Qiyomat oʻrtasida?
(x2)
 

 

Nilufar Usmonova: Топ 3
Помогите перевести "Qaray olasanmi"
Комментарии