• Sevara Nazarkhan

    Ulug‘imsan Vatanim • 5 переводов

Делиться
Font Size
Оригинальный текст
5 переводов

текст песни Ulug‘imsan Vatanim

Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim.
O‘zimga bek,
O‘zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg‘izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan...
 
Sen Xo‘jandsan,
Chingizlarga
Darbozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan.
Muqannasan, qorachig‘i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon-
Cho‘lig‘imsan, Vatanim.
 
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen.
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig‘imsan, Vatanim, o‘zingsan.
 
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim, o‘zing san.
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o‘zing,
Ulug‘imsan, Vatanim!
 
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin — Kurdistonda ,
Boburing —Hindistonda ,
Bu qanday yuz qarolik deb,
Yotarlar zimistonda.
Tarqab ketgan to‘qson olti
Urug‘imsan, Vatanim...
 
Qizim desang osmonlarga
G‘irot bo‘lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Qayliq bo‘lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug‘beking quchgayman,
G‘ichir-g‘ichir tishimdagi
So‘lig‘imsan, Vatanim...
 
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen.
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig‘imsan, Vatanim, o‘zingsan.
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim, o‘zingsan.
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o‘zing,
Ulug‘imsan, Vatanim! (2x)
 

 

Sevara Nazarkhan: Топ 3
Комментарии