• Yomon qiz • 4 回翻訳した

お気に入り
共有
Font Size
オリジナル歌詞
4 回翻訳した

Yomon qizの歌詞

Qorayib yo‘qolar shafaqning yuzi,
Tunning quchog‘ida bedor yuraman.
Bir qiz bor – dunyoning eng yomon qizi,
Men shu yomon qizni yaxshi ko‘raman.
 
Yoniga boraman, kuyib boraman,
Dunyoni chekkaga surib boraman.
Yomonligin bilib turib boraman,
Men shu yomon qizni yaxshi ko‘raman.
 
Kuyga soldim go‘zal yuzini,
Jamolini yaxshi ko‘raman.
Ko‘rgim kelar moviy ko‘zini,
Shu yomonni yaxshi ko‘raman. (x2)
 
O‘zi ham qarshimda qotadi har kun,
Mendan kechib, menga qaytadi har kun.
Hatto yomonligin aytadi har kun,
Men shu yomon qizni yaxshi ko‘raman.
 
Ovoza qilay deb baxshilar bilsin,
Tish-tirnog‘i bilan qarshilar bilsin,
Menga nima, hamma yaxshilar bilsin:
Men shu yomon qizni yaxshi ko‘raman.
 
Kuyga soldim go‘zal yuzini,
Jamolini yaxshi ko‘raman.
Ko‘rgim kelar moviy ko‘zini,
Shu yomonni yaxshi ko‘raman.
 

 

Imron: トップ3
コメント