• Barış Diri

    Derinden (Derinden) → перевод на Узбекский→ Узбекский

Избранное
Делиться
Font Size
Перевод
Поменять языки местами

Mening qalbimning tubida

Qushlar ichimdan, orzumdan uchdi
(Mening qalbimning tubida),
Do'stlar boshimdan, umrimdan qochdi
(Mening qalbimning tubida).
 
She’rdan sevgilar, urushlar ketdi
(Mening qalbimning tubida),
Uyimga butlar, sanamlar toʻldi
(Mening qalbimning tubida).
 
Mushukdan, kuchukdan koʻchalar toʻldi
(Mening qalbimning tubida),
Ayollar, bolalar dunyodan koʻchdi
(Mening qalbimning tubida).
 
Bobolar, otalar o'larmish tubda
(Mening qalbimning tubida),
Inson hayotdan, yashashdan toʻyarmish baʼzan
(Mening qalbimning tubida).
 
Kichik bola edim, qalbim issiq edi
(Mening qalbimning tubida),
Alloh yuksakda edi, yer issiq edi
(Mening qalbimning tubida),
 
Dunyo aylanar va men ham aylanardim
(Mening qalbimning tubida),
Onam kulardi va men ham kulardim
(Mening qalbimning tubida).
 
Bugun esa ruhimda oʻsimta oʻsgan,
Qalbimda qoʻrqoq bir suvsar semirgan,
Muqaddas bayrogʻim yirtilgan, oʻchgan
Mening qalbimning tubida.
 
Yuzimdagi nursiz tun uyatdan,
ruhim, sen javob ber
Qorongʻudan isyonkor telba kabi nayza uloqtir
Mening qalbimning tubida.
 
Оригинальный текст

Derinden (Derinden)

Нажмите, чтобы увидеть оригинальный текст (Турецкий)

Комментарии