• 2 translations
Favorites
Share
Font Size
Original lyrics

Ona til lyrics

Ona til! Onam tilisan hamda dildorim tili,
Birga o‘ynab, birga o‘sgan sevgili yorim tili!
 
Allalarni tingladim dastlab beshikda zavq ilan,
Tunda tovush to‘lqini, tonglarda bedorim tili.
 
Har navo-ye kechikarmen, bul sening lutfing erur,
Bulbulim faryodidursan hamda gulzorim tili.
 
Sen menga jondin azizroq, sendan ortar shonim-a,
«Xamsa» yanglig‘ beshta ganj ganju guhar borim tili.
 
Sen bilan borman, tirikman, borligim bog‘liq senga,
O‘zligimning boisi sensan, hasti labonim tili.
 
So‘yladim ishqim bila dardimni har on sen bilan,
Sen tilakdosh hamda tildosh ul vatandorim tili.
 
Har tomon yuzlanganimda yetgusi sendan sado,
Sen uyimda, sen kuyimda, sen-da bozorim tili.
 
Sajdalar qilgay Azimiy dargohingga bosh qo‘yib,
Sen chiroy mulkida sulton lola ruxsorim tili.
 
Ona til! Onam tilisan hamda dildorim tili...
 

 

Translations of "Ona til"
Unknown Artist (Uzbek): Top 3
Comments